Qisqacha
- Ma’lumotlardan xizmat ko‘rsatish, murojaatlarga javob berish, hisob-kitob, xavfsizlik va xizmatni yaxshilash uchun foydalanamiz. Shaxsga doir ma’lumotlarni sotmaymiz, 4-bo‘lim.
- Sotuvchining o‘z kanallaridagi xaridorlar ma’lumotlari uchun sotuvchi javob beradi, Savat ularga sotuvchi topshirig‘i bilan ishlov beradi. Xaridorning Savat akkaunti va Savat domenidagi vitrinalar statistikasi uchun Savat javob beradi, 2-bo‘lim.
- Sayt va panelning veb-versiyasida tahlil va reklama vositalari (PostHog, Telegram reklama pikseli, Google teglari) ishlaydi; sessiya yozuvi faqat saytda, 9-bo‘lim.
- Ma’lumotlarning bir qismi chet eldagi serverlarda saqlanadi yoki ishlov beriladi, 6-bo‘lim.
- Ma’lumotlaringizni bilish, tuzatish, o‘chirishni so‘rash va roziligingizni chaqirib olish mumkin, 10-bo‘lim.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Maxfiylik siyosati Savat (savat.app xizmati; keyingi o‘rinlarda — “Savat” yoki “biz”) shaxsga doir ma’lumotlarga qanday ishlov berishini tushuntiradi. Savat — do‘kon, kafe va restoranlar uchun onlayn do‘kon ochish va boshqarish platformasi.
Siyosat quyidagilarga tegishli:
- seller.savat.app sayti va undagi murojaat formasi;
- Savat sotuvchi paneli — veb-versiya va Savat Seller ilovasi (iOS, Android);
- sotuvchilarning vitrina saytlari va Telegram do‘konlari — 2 va 3.4-bo‘limlarda yozilgan doirada.
Siyosat Savat Go kuryer ilovasi va Savat mijozlar ilovasini qamramaydi.
Ma’lumotlarga “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun) va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlov beramiz.
Sotuvchilar uchun Siyosat Foydalanish shartlarining ajralmas qismi. Ro‘yxatdan o‘tish formasini yuborib, ma’lumotlaringizga shu Siyosatda ko‘rsatilgan maqsadlarda ishlov berilishiga, jumladan 6-bo‘limda ko‘rsatilgan davlatlarga uzatilishiga rozilik bildirasiz (Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibi, 9-band; Qonunning 15-moddasi). Sayt tashrif buyuruvchilari murojaat formasini yuborganda rozilik beradi.
Siyosat o‘zbek tilida tuziladi. Rus va ingliz tilidagi matnlar — tarjima; farq bo‘lsa, o‘zbekcha matn ustun.
2. Ma’lumotlar uchun kim javob beradi
| Kimning ma’lumotlari | Kim javob beradi | Bu nimani anglatadi |
|---|---|---|
| Sayt tashrif buyuruvchilari va murojaat qoldirganlar | Savat | Ma’lumotlarni Savat o‘z maqsadlari uchun yig‘adi va ularning mulkdori hamda operatori hisoblanadi. |
| Sotuvchilar (akkaunt egalari) | Savat | Akkaunt, obuna, hisob-kitob va biznesni tekshirish ma’lumotlari. |
| Sotuvchining xodimlari va kuryerlari | Sotuvchi va Savat | Akkauntni sotuvchi yaratadi va ma’lumotlarni boshqaradi; Savat ularga sotuvchiga xizmat ko‘rsatish uchun ishlov beradi, kirish va akkaunt xavfsizligi uchun esa o‘zi javob beradi. |
| Xaridorlar: sotuvchi kanallaridagi buyurtmalar, sotuvchining mijozlar bazasi va chatlar; sotuvchi panelga kiritgan boshqa shaxslar | Sotuvchi | Sotuvchi bu ma’lumotlarning mulkdori. Savat ularga faqat sotuvchi topshirig‘i bilan ishlov beradi (Qonunning 31-moddasi). Xaridorga sotuvchining maxfiylik siyosati qo‘llanadi. |
| Xaridorlar: Savat akkaunti, Savat ilovasi orqali berilgan buyurtmalar; Savat domenidagi vitrinalar statistikasi | Savat | Xaridorning Savat akkaunti sotuvchiga bog‘liq emas; uning maqsadlarini Savat belgilaydi. Savat domenidagi vitrina sahifalarini o‘lchash ham Savatning o‘z maqsadi (3.4-bo‘lim). |
3. Qanday ma’lumotlarga ishlov beriladi
3.1. Sayt tashrif buyuruvchilari va murojaat formasi
- Murojaat formasi, majburiy maydonlar: ism, telefon raqami, biznes nomi va turi.
- Ixtiyoriy maydonlar: shahar, filiallar soni, qiziqqan tarif va izoh.
- Murojaatga avtomatik qo‘shiladigan tashrif ma’lumotlari: sayt tili; Cloudflare aniqlagan taxminiy joylashuv (shahar, viloyat, davlat) va internet provayderi; vaqt mintaqasi; qurilma turi va modeli, operatsion tizim, brauzer; ekran o‘lchami; brauzer tillari; ochilgan sahifa; qaysi saytdan kelganingiz (faqat domen va sahifa yo‘li); reklama kampaniyasi belgilari (UTM).
IP manzilning o‘zi murojaat xabariga qo‘shilmaydi. Cloudflare u bo‘yicha taxminiy joylashuv va provayderni aniqlaydi (yuqorida). Forma serveri IP manzilni spamga qarshi hisoblagichlarda faqat operativ xotirada qisqa vaqt ushlab turadi. 9-bo‘limdagi tahlil va reklama vositalari ham IP manzilni oladi.
Saytdagi sahifa ko‘rishlar, tugma bosishlar va qurilma haqidagi texnik ma’lumotlar tahlil vositalari orqali yig‘iladi (9-bo‘lim).
3.2. Sotuvchilar
- Ro‘yxatdan o‘tish: ism, familiya, telefon raqami, login va parol.
- Profil (ixtiyoriy): otasining ismi, tug‘ilgan sana, jins, email, PINFL (JShShIR) va profil rasmi.
- Do‘kon va filiallar: do‘kon yoki brend nomi, yuridik nomi, faoliyat turi, subdomen, egasining ismi, filiallar nomi, telefoni, manzili va xaritadagi joylashuvi, yetkazish hududlari.
- Biznesni tekshirish: yuridik nom, STIR, ro‘yxatdan o‘tish raqami, bank rekvizitlari (bank, hisob egasi, MFO, hisob raqami) va yuklagan hujjatlaringiz, masalan ro‘yxatdan o‘tganlik hujjati va STIR guvohnomasi.
- To‘lov va Telegram sozlamalari: Payme yoki Click kassangiz identifikatorlari va maxfiy kalitlari, Telegram botingiz tokeni.
- Obuna: tarif, shartnoma, hisoblar va to‘lov holati.
- Siz joylagan kontent: mahsulotlar, rasmlar, narxlar, aksiyalar, Hikoyalar, vitrina sozlamalari va do‘kon hujjatlari.
3.3. Xodimlar va kuryerlar
- Xodimlar: ism, familiya, otasining ismi, jins, tug‘ilgan sana, telefon, login, email, rol va ruxsatlar, profil rasmi. Akkaunt faollashtirish havolasi va SMS kod bilan yoqiladi.
- Kuryerlar: ism, familiya, otasining ismi, telefon, login, email, transport, biriktirilgan filiallar, izoh va haq to‘lash rejasi; sotuvchi bilan buyurtma bo‘yicha yozishmalar; daromad va naqd pul hisobotlari.
- Kuryer joylashuvi: Savat Go ilovasi yuborgan oxirgi joylashuv, uning vaqti va holat (onlayn, band, oflayn). Sotuvchi uni buyurtmalarni taqsimlash va yetkazishni kuzatish uchun panelda ko‘radi.
- Amallar tarixi: buyurtma bilan kim nima qilgani, masalan holatini qaysi xodim yoki kuryer o‘zgartirgani (ism va telefon bilan).
3.4. Xaridorlar va sotuvchi kiritadigan boshqa shaxslar
Xaridor vitrina yoki Telegram do‘koni orqali buyurtma berganda, shuningdek sotuvchi buyurtma yoki mijozni panelga o‘zi kiritganda (masalan, Instagram orqali yoki qo‘lda), sotuvchi uchun quyidagilarga ishlov beramiz:
- ism va telefon raqami; yetkazish manzili, xaritadagi nuqta va izoh; saqlangan manzillar (kirish, qavat, domofon);
- buyurtma tarkibi va summasi, to‘lov usuli va holati, qaytarishlar, holatlar tarixi va buyurtma kanali;
- sotuvchi mijozlar bazasida yuritadigan ma’lumotlar: jins, tug‘ilgan sana, segmentlar, xaridlar statistikasi va bonus balansi;
- sotuvchi bilan chatdagi xabar va rasmlar, sharhlar va ularga javoblar;
- sotuvchi kiritadigan boshqa shaxslar ma’lumotlari, masalan yetkazib beruvchilarning aloqa shaxslari (ism, telefon, email).
Qaysi ma’lumot, nima uchun va qancha muddat saqlanishini sotuvchi o‘z maxfiylik siyosatida ko‘rsatadi; panel bunday hujjatni vitrinada e’lon qilish imkonini beradi. Onlayn to‘lov sotuvchining o‘z Payme yoki Click kassasiga tushadi. Sotuvchi vitrinasiga o‘zi ulagan tahlil vositalari (Yandex Metrika, Google Analytics 4, Google Tag Manager, Meta Pixel) uchun sotuvchi javob beradi.
Vitrina Savat domenida (*.savat.app) ochilsa, Savat o‘z maqsadlari uchun Cloudflare Web Analytics va Google teglari orqali sahifa manzili, yuklanish tezligi, brauzer va operatsion tizim haqidagi ma’lumotlarni oladi; bu ma’lumotlar uchun Savat javob beradi.
Xaridor Savat akkaunti bilan buyurtma bersa yoki Savat ilovasidan foydalansa, akkaunt ma’lumotlari uchun Savat javob beradi.
3.5. Yordam xizmatiga murojaatlar
Panel orqali yordam so‘raganingizda xabarlar, biriktirilgan fayllar va qayta qo‘ng‘iroq so‘rovi (sabab va qulay vaqt) saqlanadi. Telegram, telefon yoki email orqali yozsangiz, xabaringiz va aloqa ma’lumotingizdan foydalanamiz.
3.6. Texnik ma’lumotlar
- Sessiyalar: qurilma, IP manzil, brauzer yoki ilova nomi va versiyasi (user agent), sessiya ochilgan, oxirgi ishlatilgan va tugaydigan vaqt.
- So‘rovlar: ilova nomi, platforma, versiya va interfeys tili.
- Qurilma identifikatori: o‘rnatishda tasodifiy yaratiladigan raqam. U faqat sessiya va push-bildirishnomalar uchun ishlatiladi, reklama identifikatori emas.
- Push-bildirishnomalar: qurilma tokeni va platforma.
- Qurilma joylashuvi: do‘kon yoki filialni xaritada belgilash uchun, faqat ruxsat bersangiz.
Mahsulot rasmi fonini olib tashlash qurilmangizda bajariladi: rasm hech qayerga yuborilmaydi, faqat buning uchun model Hugging Face serveridan yuklab olinadi.
4. Maqsadlar va huquqiy asoslar
| Maqsad | Ma’lumotlar | Asos |
|---|---|---|
| Murojaatingizga javob berish: telefon yoki Telegram orqali bog‘lanish, tarif tanlashga yordam | Murojaat formasi | Shartnoma tuzilgunga qadar so‘rovingiz bo‘yicha choralar ko‘rish |
| Qaysi reklama yoki kanal orqali kelganingizni baholash | Murojaatdagi tashrif ma’lumotlari | Savatning qonuniy manfaatlari |
| Akkaunt yaratish va xizmat ko‘rsatish: panel, vitrina, Telegram do‘koni, bildirishnomalar | Sotuvchi, xodim va kuryer ma’lumotlari, texnik ma’lumotlar | Shartnomani bajarish |
| Biznesni tekshirish, do‘kon va onlayn to‘lovlarni ishga tushirish | Biznes ma’lumotlari va hujjatlar, to‘lov kassasi ma’lumotlari | Shartnomani bajarish; qonuniy majburiyatlar |
| Obuna hisob-kitobi va buxgalteriya hujjatlari | Biznes va bank rekvizitlari, obuna ma’lumotlari | Shartnomani bajarish; qonuniy majburiyatlar |
| Sotuvchi uchun buyurtma, xaridor va yetkazishni boshqarish | Xaridorlar, kuryerlar va sotuvchi kiritgan boshqa shaxslar ma’lumotlari | Sotuvchi topshirig‘i (Qonunning 31-moddasi) |
| Yordam va qayta qo‘ng‘iroq | Murojaat ma’lumotlari | Shartnomani bajarish; qayta qo‘ng‘iroq uchun roziligingiz |
| Xavfsizlik: akkauntlarni himoya qilish, spam va suiiste’mollikka qarshi kurash | Sessiyalar, IP manzil, qurilma ma’lumotlari | Savat, sotuvchilar va boshqa shaxslarning qonuniy manfaatlari |
| Sayt va vitrinalar ishlashini o‘lchash | Sahifa manzili, yuklanish tezligi, brauzer va operatsion tizim (Cloudflare Web Analytics) | Savatning qonuniy manfaatlari |
| Sayt va panel veb-versiyasida tahlil, saytda sessiya yozuvi, reklama samarasini o‘lchash | 9-bo‘limdagi tahlil va reklama vositalari ma’lumotlari | Savatning qonuniy manfaatlari: saytni yaxshilash va reklama samarasini o‘lchash |
| Savat Seller ilovasida xizmatdan foydalanishni tahlil qilish | Akkaunt identifikatori, asosiy amallar, ilova versiyasi va qurilma turi | Ro‘yxatdan o‘tishda bergan roziligingiz (1-bo‘lim) |
| Qonun talablarini bajarish | Qonun talab qiladigan ma’lumotlar | Qonuniy majburiyatlar |
Asoslar Qonunning 18-moddasiga muvofiq. Ma’lumotlarga asosan avtomatlashtirilgan usulda, Savat serverlari va 5-bo‘limdagi xizmatlar orqali ishlov beriladi; biznesni tekshirish va yordam murojaatlarini Savat xodimlari ko‘rib chiqadi.
Ma’lumotlardan yangi maqsadda foydalanmoqchi bo‘lsak, avval roziligingizni so‘raymiz (Qonunning 19-moddasi). Reklama xabarlarini faqat oldindan roziligingiz bilan yuboramiz (“Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi).
6. Saqlash joyi va chet elga uzatish
Xizmat ishlashi uchun ma’lumotlarning bir qismi, jumladan quyidagilar, O‘zbekistondan tashqarida saqlanadi yoki ishlov beriladi:
- Shvetsiya — biznesni tekshirish fayllari (Amazon Web Services, Stokgolm).
- AQSh — tahlil ma’lumotlari va saytdagi sessiya yozuvlari (PostHog).
- Turli davlatlar — Cloudflare (sayt, panel va ilovalarning barcha trafigi), Google, Telegram, Yandex va elektron pochta xizmati ma’lumotlarni o‘z xalqaro infratuzilmasi orqali uzatadi va ularga ishlov beradi.
Qonunning 15 va 27-1-moddalariga ko‘ra, ma’lumotlarni bir xil himoya ta’minlanadigan davlatlarga uzatish mumkin; Shvetsiya ana shunday davlatlar ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 415-son qarori). Qolgan hollarda ma’lumotlar roziligingiz asosida uzatiladi: sotuvchilar uni ro‘yxatdan o‘tishda, sayt tashrif buyuruvchilari murojaat yuborishda beradi (1-bo‘lim). Roziligingizni 10-bo‘limdagi tartibda chaqirib olishingiz mumkin. Sotuvchi topshirig‘i bilan ishlov beriladigan ma’lumotlar uchun bu asosni sotuvchi ta’minlaydi (Foydalanish shartlarining 5.3-bo‘limi).
7. Saqlash muddatlari
Ma’lumotlarni ishlov berish maqsadiga erishilgunga qadar saqlaymiz (Qonunning 10-moddasi). Maqsadga erishilgach, ular qonunda belgilangan muddatda yo‘q qilinadi yoki egasizlantiriladi (ya’ni aniq shaxsga bog‘lab bo‘lmaydigan holga keltiriladi), qonun saqlashni talab qiladigan hollar bundan mustasno.
| Ma’lumot | Qancha saqlanadi |
|---|---|
| Murojaat formasi va tashrif ma’lumotlari | Savat jamoasining Telegram guruhida, murojaat bo‘yicha ish uchun zarur muddatda; so‘rovingiz bo‘yicha o‘chiriladi |
| Sotuvchi akkaunti, do‘kon ma’lumotlari, kontent, biznesni tekshirish fayllari va yordam murojaatlari | Akkaunt faol bo‘lgan davrda; o‘chirish so‘rovingiz bajarilgach yo‘q qilinadi yoki egasizlantiriladi, qonun saqlashni talab qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno |
| Xaridorlar, buyurtmalar, xodim va kuryer ma’lumotlari | Sotuvchi akkaunti faol bo‘lgan davrda yoki sotuvchi ularni o‘chirguncha |
| Hisob-kitob va buxgalteriya hujjatlari | Soliq to‘lanadigan kalendar yildan keyingi uch yil (Soliq kodeksining 22-moddasi) |
| Tahlil ma’lumotlari va sessiya yozuvlari | PostHog xizmatida belgilangan muddat davomida; so‘rovingiz bo‘yicha o‘chiriladi |
| Kirish sessiyasi | 30 kun; sessiya yangilanganda muddat uzayadi |
| Spamga qarshi hisoblagichlar (IP manzil) | Faqat server operativ xotirasida, 5 soniyalik va 10 daqiqalik oraliqlar uchun hisoblanadi; diskka yozilmaydi va server jarayoni qayta ishga tushganda o‘chadi |
| Cookie-fayllar va brauzer xotirasi | 9-bo‘limdagi jadvallarga qarang |
8. Xavfsizlik
Ma’lumotlarni himoya qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralar ko‘ramiz (Qonunning 27-moddasi):
- Sayt, panel va ilovalar Savat serverlari bilan faqat shifrlangan (HTTPS) ulanish orqali ishlaydi.
- Parol kamida 10 belgidan iborat; parolni tiklash va xodim akkauntini faollashtirish SMS kod bilan tasdiqlanadi; kirish kaliti (passkey) qo‘shishingiz mumkin.
- Kirish ma’lumotlari himoyalangan holda saqlanadi. Faol sessiyalarni sozlamalarda ko‘rib, boshqa qurilmalardagi sessiyalarni yopishingiz mumkin.
- Xodimlar faqat o‘z roli va ruxsatlari doirasidagi ma’lumotlarni ko‘radi.
- To‘lov kassasi kalitlari panelda qayta ko‘rsatilmaydi.
- Biznesni tekshirish fayllari alohida himoyalangan xotirada saqlanadi va yuklanganda tekshiriladi.
Ma’lumotlar sizib chiqqanini aniqlasak, qonunda belgilangan tartibda vakolatli davlat organiga xabar beramiz va zarar ko‘rgan shaxslarni ogohlantiramiz. Chet elga uzatish paytida sizib chiqish bo‘lsa, organga 24 soat ichida xabar beramiz va 72 soat ichida batafsil ma’lumot taqdim etamiz (Vazirlar Mahkamasining 415-son qarori).
10. Huquqlaringiz
Qonunning 30-moddasiga ko‘ra siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- ma’lumotlaringiz bizda bor-yo‘qligini va ularning tarkibini bilish;
- ishlov berish asoslari, maqsadlari, usullari, muddatlari, ma’lumotlarni oluvchilar va chet elga uzatish haqida ma’lumot olish (22-modda);
- noto‘g‘ri yoki eskirgan ma’lumotlarni tuzatish va to‘ldirishni talab qilish (11-modda);
- ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa, eskirgan, noaniq, qonunga xilof olingan yoki maqsad uchun kerak bo‘lmasa, ularga ishlov berishni vaqtincha to‘xtatishni talab qilish;
- faqat avtomatlashtirilgan ishlov berishga asoslangan qarorga e’tiroz bildirish (24-modda);
- roziligingizni chaqirib olish va ma’lumotlarni yo‘q qilishni so‘rash;
- vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilish.
Qanday murojaat qilish. So‘rovni Telegram yoki email orqali yuboring (13-bo‘lim). So‘rov akkaunt egasidan kelganini tekshirish uchun qo‘shimcha tasdiq so‘rashimiz mumkin. Tahlil va reklama cookie’larini brauzer sozlamalarida o‘chirishingiz mumkin (9-bo‘lim).
Akkauntni o‘chirish. Panel sozlamalaridagi “Akkauntni o‘chirish” tugmasi hello@savat.app manziliga tayyor so‘rov xatini ochadi. Xatda do‘kon (sotuvchi) nomini va akkauntga ulangan telefon raqamini ko‘rsating; parol, tasdiqlash kodi, karta yoki hujjat ma’lumotlarini yubormang.
O‘zingiz bajarishingiz mumkin: profil, xodim va kuryer ma’lumotlarini panelda tuzatish; mahsulotlar (XLSX), mijozlar (CSV), buyurtmalar va moliyaviy operatsiyalarni eksport qilish.
Rozilikni chaqirib olish oqibati. Xizmat ko‘rsatish uchun zarur ma’lumotlarga roziligingizni chaqirib olsangiz, xizmatni davom ettira olmaymiz va akkaunt yopiladi; qonun saqlashni talab qiladigan ma’lumotlar saqlanadi.
Javob muddatlari:
- ma’lumotlarni tuzatish yoki to‘ldirish — murojaatdan 3 kun ichida (Qonunning 11-moddasi);
- roziligingiz asosida ishlov berilgan ma’lumotlar rozilik chaqirib olingach, ariza kelgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yo‘q qilinadi (Namunaviy tartib, 10-band); qonun saqlashni talab qiladigan ma’lumotlar bundan mustasno;
- ma’lumot berishni rad etsak, sababini 10 kun ichida yozma ravishda ma’lum qilamiz (Qonunning 22-moddasi);
- boshqa so‘rovlarga 10 kun ichida javob beramiz.
Xaridorlar sotuvchi kanallaridagi ma’lumotlar bo‘yicha so‘rovni avval sotuvchiga yuboradi, chunki ularning mulkdori u. So‘rov Savatga kelsa, uni sotuvchiga yetkazamiz va bajarishda yordam beramiz. Savat akkaunti bo‘yicha so‘rovlarni Savat o‘zi bajaradi.
11. Voyaga yetmaganlar
Savat xizmatlari 18 yoshga to‘lgan va biznes nomidan ish ko‘radigan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Voyaga yetmaganlarning ma’lumotlarini ataylab yig‘maymiz. Voyaga yetmagan shaxs ma’lumotlariga ishlov berish uchun ota-onasi yoki vasiysining yozma, jumladan elektron, roziligi kerak (Qonunning 21-moddasi). Bunday ma’lumot roziliksiz kelib qolganini bilsak, uni o‘chiramiz. Sotuvchi voyaga yetmagan xodim yoki kuryerni qo‘shsa, shuningdek xaridorlari orasida voyaga yetmaganlar bo‘lsa, bu roziliklarni olish sotuvchi zimmasida.
12. Siyosatdagi o‘zgarishlar
Siyosatni xizmat yoki qonunchilik o‘zgarganda yangilaymiz. Yangi tahrir shu sahifada kuchga kirish sanasi bilan e’lon qilinadi. Muhim o‘zgarishlar haqida oldindan panel orqali yoki ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan aloqa ma’lumotlaringiz orqali xabar beramiz. Yangi maqsad uchun roziligingiz kerak bo‘lsa, uni alohida so‘raymiz.
13. Aloqa
Siyosat va ma’lumotlaringiz bo‘yicha savollar, shuningdek 10-bo‘limdagi so‘rovlarni shu kanallar orqali yuboring:
- Telegram: @savat_support (yangi oynada ochiladi)
- Email: hello@savat.app
- Telefon: +998 90 416 28 97