
Sayt
Butun do‘koningiz — bitta havolada.
O‘z nomingiz, ranglaringiz va katalogingiz bilan tayyor onlayn do‘kon. Havolani ulashing — xaridor o‘zi tanlab, buyurtma beradi. Buyurtmalar bitta panelda.
Sayt va Telegramda o‘z brendingiz bilan soting.
Mahsulotlar, buyurtmalar va yetkazish — bir joyda.
Birinchi 30 ta buyurtma — bepul
20+ hamkorlar










Katalog, narx va qoldiq bitta joyda yuritiladi. Mijoz esa o‘ziga qulay kanaldan buyurtma beradi.

Sayt
O‘z nomingiz, ranglaringiz va katalogingiz bilan tayyor onlayn do‘kon. Havolani ulashing — xaridor o‘zi tanlab, buyurtma beradi. Buyurtmalar bitta panelda.

Telegram
Xaridor Telegramdan chiqmay mahsulotni qidiradi, narxini ko‘radi va buyurtma beradi. Sayt va botdagi katalog bir xil. Siz buyurtmalarni bitta paneldan boshqarasiz.

iOS va Android
Paneldan ilova yaratish uchun ariza qoldiring. Qolganini Savat jamoasi bajaradi: biznesingiz nomi, logotipi va ranglari bilan iOS va Android ilovasini tayyorlaydi.
Kelishuv asosidaQo‘shimcha xizmat
Buyurtma, mijoz, qoldiq va yetkazish holatini alohida joylardan qidirib o‘tirmang.
Hisobotlar
Tushum, buyurtmalar soni, o‘rtacha chek va eng ko‘p sotilgan mahsulotlar hafta va oy kesimida.
Hisobotlar
Savdo holatini aniq ma’lumotlar bilan ko‘ring.
Tushum, buyurtmalar soni, o‘rtacha chek va eng ko‘p sotilgan mahsulotlar hafta va oy kesimida.
Buyurtmalar
Buyurtmani qabul qilishdan yetkazishgacha kuzating.
Yangi, jarayondagi va yo‘ldagi buyurtmalar bitta navbatda. Kuryerni biriktirasiz va har bir bosqichni ko‘rib turasiz.
Mijozlar va chat
Mijoz bilan muloqot bitta oynada.
“Buyurtmam qayerda?” savoliga ham, manzilni o‘zgartirishga ham shu yerdan javob berasiz.
Ombor
Qoldiqlar, kirimlar va ko‘chirishlarni nazorat qiling.
Har bir filial bo‘yicha qoldiq, yetkazmalar, ko‘chirishlar va hisobdan chiqarish. To‘liq ombor hisobi har bir do‘konda bor.
Filiallar
Har bir filialning ishini va xizmat hududini boshqaring.
Ish vaqti, manzil va yetkazish zonasini filial bo‘yicha belgilaysiz. Zona xaritada chiziladi.
Mahsulotlar
Katalogni bir necha daqiqada to‘ldiring.
Rasm va narxni kiriting — mahsulot darhol vitrinada. Katta katalogni Excel’dan bir yo‘la yuklang.
Vitrina
Rang, ko‘rinish va bo‘limlar tartibini o‘zingiz sozlang.
Asosiy rang va burchaklarni tanlang, bo‘limlar tartibini belgilang. Bu namunada rangni bosib ko‘ring.
Yetkazishni qo‘ng‘iroq, Telegram guruh va daftarsiz boshqaring.
Buyurtma kuryer telefoniga bir bosishda tushadi.
Kim yo‘lda, kim bo‘sh — bir qarashda ko‘rinadi.
Kuryer haqi o‘zi hisoblanadi, kimda qancha naqd pul borligi aniq.
Buyurtmalarni o‘z kuryerlaringiz yoki integratsiya orqali Noor, Yandex Delivery va BTS yetkazadi. Viloyatlarga BTS orqali yuboriladi.
Alohida xizmatlarni qidirmasdan, kundalik savdo uchun kerak bo‘ladigan narsalar.
Vitrina o‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Har bir do‘konda to‘rttala til.
Xarid uchun bonus bering — mijoz qaytib kelishiga sabab bo‘ladi.
Mahsulot yoki kategoriyaga chegirma va aksiya qo‘ying.
Bannerlar, hikoyalar va to‘plamlar uchun rasmlarni AI yordamida yarating.
Vitrinani o‘z manzilingizda oching.
Har bir filial xizmat qiladigan hududni xaritada belgilang.
Savollarga vitrina ichidagi chat orqali javob bering.
Mijoz buyurtmani vitrinaning o‘zida to‘lashi uchun.
Buni studiya qilib bera oladi. Quyida — har bir qismning narxi.
Studiyada noldan
67–261mln so‘m
birinchi yil · 3–6 oy kutish
Savat
2 000so‘m / buyurtma
oylik to‘lovsiz · bugunoq ishga tushirish
Savat: ilovadan tashqari hammasi kiritilgan2 000 so‘m/ buyurtma
Bular O‘zbekistondagi dasturlash studiyalarining e’lon qilingan boshlang‘ich narxlari. Qo‘shimcha talablar va o‘zgartirishlar bilan yakuniy summa odatda bundan yuqori bo‘ladi.
Asosiy sozlamalar seller panelida bajariladi.
Biznes ma’lumotlarini kiriting: nomi, manzili va faoliyat turi.
Mahsulot, narx va rasmlarni qo‘shing.
Havolani mijozlaringizga yuboring.
Oylik to‘lov yo‘q. Buyurtma yetkazilganda yoki mijoz olib ketganda hisobdan yechiladi. Bekor qilingan buyurtma — bepul.
Balansni to‘ldirasiz — har bir yakunlangan buyurtma uchun yechiladi. Kam savdo — kam to‘lov.
2 000so‘m / buyurtma
Do‘kon ochishOldindan oling — har bir buyurtma arzonroq. Ko‘proq olsangiz, ko‘proq tejaysiz.
Paket bilan boshlashPaket qoldig‘i birinchi ishlatiladi; tugasa, oddiy narxda davom etadi. Muddati tugagan qoldiq kuyadi — 7 va 1 kun oldin eslatamiz.
600ta / oy
Har buyurtma uchun to‘lasangiz
1 200 000 so‘m / oy
600 × 2 000 so‘m
5 000 ta paket olsangiz
900 000 so‘m / oy
600 × 1 500 so‘m
Paket 7 500 000 so‘m, 8 oyga yetadi
Oyiga 300 000 so‘m tejaysiz
Birinchi 30 ta buyurtma — bepul
Kartasiz boshlaysiz · Savdo summasidan foiz olmaymiz
Tariflar yo‘q: kichik do‘kon ham, tarmoq ham bir xil panel bilan ishlaydi.
Mijozga yetkazilganda yoki mijoz olib ketganda. Bekor qilingan buyurtma uchun hech narsa yechilmaydi, qaytarilgan buyurtma uchun yechim qaytadi.
Yana 25 ta buyurtmagacha ishlayveradi. Keyin faqat yangi onlayn buyurtmalar to‘xtaydi — panel, kassa va katalog ishlayveradi. To‘ldirsangiz, darhol ochiladi.
Ishlatilmagan qoldiq kuyadi. Muddat tugashidan 7 va 1 kun oldin eslatamiz. Balansdagi pulning muddati yo‘q.
Yo‘q. Savat marketplace’idagi buyurtmalar uchun alohida komissiya bor. Bu narx sizning saytingiz, Telegram va qo‘lda kiritilgan buyurtmalar uchun.
Biznesingiz nomi va logotipi bilan o‘z ilovangizni tayyorlab beramiz.
iOSAndroid
NarxiKelishuv asosida
Ariza qoldirishQaysi usul foydaliroq ekanini bilmayapsizmi?Maslahat olish
Javob topa olmasangiz, murojaat qoldiring yoki Telegram orqali yozing.
Savat — O‘zbekistondagi do‘kon, kafe va restoranlar uchun onlayn do‘kon ochish platformasi. O‘z brendingizdagi sayt va Telegram Mini App do‘konini ochasiz, buyurtmalar, ombor, kuryerlar va filiallarni esa bitta paneldan boshqarasiz. Dasturchi shart emas.
Do‘konlar, kafe va restoranlar hamda o‘z katalogi bilan savdo qiladigan bizneslar uchun: oziq-ovqat, gullar, elektronika va boshqalar.
Ha. Har bir yangi do‘konga 30 ta buyurtmalik bepul start paketi beriladi, u 30 kun amal qiladi. Kartasiz boshlaysiz, barcha imkoniyatlar ochiq. Keyin balansni to‘ldirasiz yoki paket olasiz.
Yo‘q. Asosiy sozlamalar — katalog, vitrina, filiallar va xodimlar — seller panelida bajariladi. Maxsus integratsiya kerak bo‘lsa, u alohida kelishiladi.
Katalog va buyurtmalarni tartibli boshqarish imkonini. Mavjud sahifa va kanallaringizda vitrinaga havola berasiz, buyurtmalar esa yozishmalar orasida yo‘qolmaydi.
O‘z kuryerlaringiz yoki integratsiya orqali Noor, Yandex Delivery va BTS. Viloyatlarga buyurtmalar BTS orqali yuboriladi. Savat kuryerlar, buyurtmalar va hisob-kitoblarni boshqarish vositasini beradi.
O‘zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Har bir do‘kon to‘rttala tilni yoqishi mumkin.
Nima sotishingizni ayting. Sizga mos to‘lov usuli va boshlash yo‘lini tanlashga yordam beramiz.
Telefon orqali bog‘lanib, savollaringizga javob beramiz.
Forma hali ishga tushmadi. Telegram orqali yozishingiz mumkin: @savat_support